Murakkab foizning sehri

Albert Eynshteyn “murakkab foiz” haqida “insoniyat kashf qilgan eng kuchli kuchlarda biri” deb ta’rif bergan.
Murakkab foiz bu oddiy tilda “o’sishning o’sishi” deyishimiz mumkin.
Ya’ni 100 qiymatli ko’rsatkich 1 kunda 1% ga o’ssa, keyingi kuni 101 ko’rsatkichi 1% ga o’ssa va hokazo.
Yaxshi tushinish uchun keling, tasavvur qilamiz: sizda $100 bor. Siz ishlab, yoki investitsiya qilib, yoki jamg’arib, kuniga 1% ga oshirasiz.
Endi shu pul 1 oy, 3 oy, 1 yil, 3 yil, 5 yil va 10 yilda qancha bo’lishini hisoblaymiz.
1 oyda
—
$100 * (1+0,01)^30 = $134,78
Foyda - $34,75
3 oyda
—
$100 * (1+0,01)^90 = $244,86
Foyda - $144,86
1 yilda
—
$100 * (1+0,01)^365 = $3 778
Foyda - $3 678
Yomon emas, tog’rimi? Lekin bu asosiy kuchni ko’rsatib bermaydi. Keling, xuddi shuni 3, 5 va 10 yil uchun davom ettiramiz.
3 yilda
—
$100 * (1+0,01)^1095 = $5 393 917
Foyda - $5,39 MILLION
5 yilda
—
$100 * (1+0,01)^1825 = $7 700 291 275
Foyda - $7,7 MILLIARD
10 yilda
—
$100 * (1+0,01)^3650 = $592 944 857 206 936 768
Foyda - $592,94 KVADRILLION
$100 dollar bilan boshlab, 5 yilda milliarder bo’lish mumkin. Albatta, real hayotda bu ancha ko’proq vaqt talab qilishi mumkin. Lekin hech bo’lmasa millioner bo’lish, va buning uchun 50 yil emas, 3-5 yil yetarliligini tushunishingiz mumkin.
Bu nafaqat investitsiyada, balki hayotdagi har qanday sohada (o’qish, sport va h.k) ishlaydi. Eng kuchli bo’lmoqchimisiz? Har kuni (bu eng muhimi) kechagidan ozgina yaxshilaning.
Eng asosiysi tartib va sobitlik (discipline & stability) kerak.