Yetishmovchilik (deficit), cheklanganlik - kerakli xususiyat

Iqtisodiyot universitetida o’qishni boshlagan vaqtimda bir narsaga e’tibor bergandim. Ko’pchilik iqtisodiy atamalar yoki hosidalar “resurslarning yetishmovchiligi yoki chellanganligi holatida” deb boshlanar edi.
Har qanday narsaning qiymati uning cheklanganligi bilan baholanadi. Masalan, tilla yoki olmos (brilliant) ning qimmatligi sababi - bu moddalar tabiatda cheklangan, odamlarda kam. Bitcoin ham shu sababli qimmatlashishi tabiiy hol - maksimal 21 million dona chiqariladi, ko’proq odam xarid qilgani sari, talab oshib, taklifning cheklanganligi uchun narx qimmatlashaveradi.
Intellektual mehnatning qimmatligi, va umuman mehnatning narxi ham shunday aniqlanadi. Professorlar kamroq, shunga oyligi 20 million, duradgorlik osonroq, shunga oyligi 8 million, yuk tashuvchilikni hamma qila oladi, shunga oyligi 3 million.
Lekin Sun’iy Idrok mehnat va intellektual salohiyatning qadrini tushiradi. Sun’iy Idrok dasturlari va robotlarni nusxalash va tez ko’paytirish mumkin.
Bu o’z navbatida bozordagi resurslarni mo’l-ko’l qilib, yetishmovchilikning yetishmovchiligiga (deficit of deficit) olib keladi, va bilim, salohiyat, mehnat ning qadri va narxini keskin tushirib yuboradi.
Buni “yumshatish”, “tekislash” uchun universal asosiy daromad, va shu kabi sun’iy vositalar joriy qilinadi. Natijada qiymat va pulning ham qadrida o’zgarish bo’ladi, umuman yangicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi yuzaga keladi.
Hozirgacha Bitcoin narxi doimiy oshishiga ishonardim (toki kvant kompyuterlari taratilib, bitcoin shifrlash himoya mexanizmi buzilmagunigacha). Lekin hozir bunday bo’lmasligi mumkin degan fikrga boryapman.
Bitcoin narxi hali yana qattiq ko’tarilish ehtimoli baland (masalan 1 mln gacha), lekin bu oxirgi sakrash, “bullrun” bo’ladi fikrimcha.