Yandex ning “superapp” tomon yurishi

Yandex ning “superapp” tomon yurishi

Hozir “superilova” (superapp) qilish trendda. Yandex uzoq yillar davomida turli servislar yaratgan: Yandex.Taxi, Yandex.Maps (xarita), Yandex.Navi (navigator), Yandex.Lavka, Yandex.Market va hokazolar.

Yaqinda shu ko’plab ilovalarni Yandex.Go ilovasi ichiga jamlashni boshladi, va asos sifatida eng ko’p ishlatiladigan Yandex.Taxi olindi. Ko’pchilikka bu yurish yoqmadi (menga ham), chunki taksi chaqirish uchun Yandex.Go ni ochsangiz, sizga ovqat yetkazish yoki telefon sotib olish taklif qilinadi.

Foydalnuvchiga tuyulgan biroz noqulaylik kompaniya uchun kross-sotishdagi ulkan ustunlik bilan yuvilib ketadi.

Birinchidan, 10 ta ilova bittada bo’lsa, foydalnuvchi uni olganda 10 ta xizmat uchun mijoz paydo bo’ladi. Alohida ilovalar bo’lganda, foydalanuvchi ko’pi bilan 4 ta faqat o’ziga kerakli ilovani o’rnatgan bo’lardi.

Ikkinchidan, kross-sotish, yani bir narsa qidirib kelgan odamga boshqa narsa sotish.

Mana bu keys buning yaqqol misoli bo’ladi: Yandex.Maps servisi Toshkent shahar avtotransport boshqarmasi tizimi bilan integratsiya qilib, avtobuslar geolokatsiyalari va marshrutini ko’rsatar edi. Ba’zan avtobusga yurishimga to’g’ri kelsa, aynan Yandex.Mapni ochib, boradigan nuqtamni kiritsam, servis qaysi avtobuslar orqali necha daqiqada yetib botishni ko’rsatardi.

Hozir shu xizmatni Yandex.Go ga qo’shishibdi va reklamasini metroda joylashtirishibdi (suratda). Chunki metrodagi segment uchun eng kerakli funksiyalrdan biri.

Endi foydalanuvchi turgan joyidan borish nuqtagacha Yandex.Go da tanlasa, variantlar beriladi, masalan: avtobusda 45 minut, metroda 32 minut, taksida 18 minut. Issiqda turish joniga tekkan odam, darrov taksi chaqirishi mumkin.

Navigatsiya qidirib kirgan odam, taksi xizmatini olyapti. Ajoyib.

Borgan sari foydalanuvchi odatlari va profili aniqlanib, unga kerakli xizmatlar bitta ilova orqali sotilishi mumkin (medsestraga tibbiy xalat, talabaga quliqchin+telefon, va hokazo).

Superapp aynan shuning uchun ham noqulay bo’lsada, ko'p provayderlar tomonidan majburan taklif qilinmoqda.