Vaybkoding

Vaybkoding

2025 fevral oyida Andrey Karpati tomonidan o'ylab topilgan vaybkoding ("vibecoding") so'zi 2025 yil mart oyida Merriam-Webster lug'atiga kiritildi.

Vaybkoding - bu sun'iy idrok yordamida dastur yaratish, kod yozish. Siz matn yoki audio formatda nima yaratish kerakligini sun'iy idrokga aytasiz, u siz uchun kod yozib, dasturni yaratib beradi. Vaybkoding haqida Farhod Saydullaev yaqinda qator mutaxassislarni jalb qilib o'zbek tilida qiziq rolik tayyorlagan, ko'rib chiqsangiz, tasavvurga ega bo'lasiz.

E'tibor bering: Vaybkoding bu SI yordamida kodni yozishni yengillatish emas, Copilot bu bozorda uzoq paytdan beri ishlab kelmoqda.

Vaybkoding qisqa muddatda mashhur bo'lib ulgurdi. Yaqin kunlarda SI yordamida kod yozish uchun mashhur plarformalar ketma-ket yirik baholangani haqida e'lon qilindi.

Jumladan, 2024 yil dekabrda $2,6 mlrd.ga baholangan Cursor platformasi $9 mlrd. baho bilan yirik investorlardan investitsiya jalb qildi. 24-25 yoshli MIT bitiruvchilari uchun bu afsonaviy natija.

Shu yangilikga deyarli parallel ravishda OpenAI tomonidan vibecoding uchun ishlatiladigan ikinchi mashhur platforma Windsurf $3 mlrd. ga sotib olinayotgani e'lon qilindi.

Bloger Denis Shiryayev bu ikkala bitim ortidan Microsoft va Sam Altman turganiga alohida e'tibor qaratgan.

Xullas, vaybkoding bozordagi yangi "hayp" desak bo'ladi. Siz sun'iy idrok yordamida dastur yozishingiz mumkin. Buning uchun dasturlashni bilishingiz shart emas.

Vaybcoding dasturlashni arzonlashtiradi, va turli dasturchilar uchun turlicha foyda olib keladi, kimlardir ishsiz ham qolishi mumkin. Mana bu maqolada turli dasturchi tiplari SI orqali kod yozishdan qanday manfaat olishi mumkinligi tahlil qilingan.

Lekin buning salbiy tomonlari ham bor. Chunki hozirgi bosqichda SI yozayotgan kodning keraksiz joylari juda ko'p. Dasturlashdan xabari yo'q inson bu kodni tushunmaydi va mahsulot shunday sifatsiz kod bilan prodakshnga chiqadi. Bir necha iteratsiyadan keyin bunday kodni qo'llab-quvvatlashning imkoni bo'lmaydi, chunki kod bazasidagi "kasha"ni na muallif, va na SI ning o'zi tushuna oladi. Bir qilingan o'zgarish boshqa joyining buzilishiga olib keladi. Agar hali ham "vaybkoding"ni boshlamayotganidan afsuslanayotgan yoki ikkilanoyotganlar professionallar mana bu maqoladan "vaybkoding"ning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida o'qib olishlari mumkin.

Qisqa qilib aytganda: vaybkoding - vaqtinchalik hayp.

Keyinchalik dasturlar sun'iy idrok tomonidan yozilishi mumkin. Lekin vaybkoding ko'rinishida emas. Professional ishtirokchilar va vositalar yordamida. "Bir piyola choyni simirib, yonboshlab olib, chiroqdan chiqqan jinga buyruq bergandek buyruq berib, million dollarlik startap yarataman ekan" degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlayvering.