SynthID - sun'iy idrokning soxta mahsulotlaridan himoya texnologiyasi

Hozirgi kunda sun'iy idrok tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarning turlari ko'payib, sifati kundan kunga ortib bormoqda. LLM (Large Language Models) ga asoslangan faqat matn bilan ishlashni boshlagan sun'iy idrok texnologiyalari bugungi kunda hayratlanarli haqqoniy fotosuratlar, san'at asarlari, videokliplar, hatto qo'shiqlar yaratish imkonini beradi. Artflow.ai ga o'xshagan servislar ixtiyoriy odamning 5-6 ta rasmi asosida uning "virtual avatari"ni yaratishga imkon beradi, keyin bu avatarni ishlatib, ixtiyoriy ko'rinishda suratini tayyorlash mumkin.
Mana bu mening suratlarim Artflow tomonidan tayyorlangan.




Bunday texnologiyalar asosida "fake news", ya'ni yolg'on yangiliklar, birovlarni "shantaj qilish" uchun turli o'ta ishonarli materiallar tayyorlash mumkin. Bu sun'iy idrok tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlardan biri, va bu masala Midjourney kabi loyihalar birinchi paydo bo'lishi bilan ko'tarila boshlangan.
Google kompaniyasining Sun'iy Idrokka bag'ishlangan asosiy laboratoriyasi Deepmind tomonidan bu muammoning yechimi uchun juda qiziq va kerakli texnologiya ishlab chiqishibdi - SynthID.
SynthID sun'iy idrok tomonidan tayyorlanadigan har qanday mahsulotga maxsus raqamli belgi, markirovka qo'yish yechimini taklif qilgan. Bunday belgi oddiy odam uchun ko'rinmaydi, surat, video, musiqada kod ichiga kiritiladi. Hattoki matnlarda ham bu texnologiya qo'llanilgan bo'lib, so'zlarning qo'llanilish ketma-ketligiga qarab matn sun'iy idrok tomonidan tayyorlanganini aniqlash imkonini beradi. Googlening Gemini, Veo, Imagen va boshqa AI-loyihalarida bu texnologiya joriy qilingan bo'lib, u nafaqat rasm haqiqiy yoki sun'iy ekanini, balki qaysi oyda yaratilganini ham aniqlash imkonini beradi.
O'ylashim bo'yicha bu juda kerakli texnologiya va bir necha yil ichida bu texnologiya sohadagi hamma AI-loyihalarga ixtiyoriy yoki majburiy (qonun orqali majburlab) joriy qilinsa kerak.
@fikrofon | Youtube | LinkedIn | Facebook