Sun'iy idrokning mehnat bozoriga ta'siri

Sun'iy idrok rivojlangani sari mehnat bozorida katta o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Birinchidan, aqliy mehnat bilan band bo'ladiganlarning ko'pchilik ishlarini sun'iy intellekt servislari masofadan turib bajarib bera oladi. Hozirgi kundagi rivojlanish qo'llab-quvvatlash markazi operatorlari ishini 90% ga, tarjimonlar ishini 80% ga, hisobchi va yuristlar ishlarini ham 40-60% ga bajarib berishi mumkin. Eng qizig'i, sun'iy intellekt birinchilardan bo'lib ularni yaratgan kasb egalari, dasrurchilarni chetga surishi mumkin, chunki bugungi kunda oddiy dasturchi yozadigan kodning 50% qismini sun'iy idrok yoza oladi.

Ikkinchidan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanivchi ishchilarning ko'p ishlarini esa Tesla Optimus ga o'xshagan robotlar o'zlariga olishadi. Bunday robotlar birinchi qimmat bo'lib .boylar uylarida o'yinchoq ko'rinishida, keyinchalik, narxi pasayganda ko'plab zavodlarda ishchi ko'rinishida, undan keyingi bosqichda oddiy oilalarda uy xizmatchisi ko'rinishida tarqalishi mumkin.
Me, Robot https://t.co/qYaxztoSXA
— Tesla Optimus (@Tesla_Optimus) October 11, 2024
Uchinchidan, aqlli mashina va qurilmalar natijasida ham ko'plab ishchi o'rinlari yo'qolishi mumkin. Masalan, Tesla CyberCab (Robotaxi) mashinalarini rulsiz chiqarishini va ular to'liq sun'iy idrok tomonidan boshqarilishini e'lon qildi. Bunday mashinalar katta ehtimol bilan oylik a'zolik badali bilan ishlashni ko'zda tutadi, siz mashinani emas, mashina xizmatiga a'zolikni sotib olasiz. Sizga kerak bo'lganda mashina yetkaziladi va u sizni o'zi haydab, kerakli joyga olib boradi. Buning natijasida millionlab haydovchilar, shu jumladan yuk mashinasi haydovchilari ham ishlarini yo'qotadilar.
To'rtinchidan, kasblarga bo'lgan talab kundan kunga qisqarib, ular keraksiz bo'lib borgani sari, ularni tayyorlovchi universitet va institutlar ham yaroqsiz bo'lib qoladi. Masalan, hozirning o'zida Jahon tillari universitetiga talab pasayishini ko'rish mumkin, chunki tarjimon hech kimga kerak bo'lmaydi.
Bunday o'zgarishlar 50 yoki 100 yildan keyin emas, juda yaqin kelajakda, 10 yildan 20 yilgacha bo'lgan oraliqda yuz berishi mumkin. Biz bu davrgacha pensiyaga chiqib ulguramiz, lekin farzandlarimizga oson bo'lmaydi. Ularda moslashuvchanlik maksimal darajaga chiqishi kerak, yaxshiroq yashab ketishlari uchun.
Sun'iy idrokning mehnat bozoriga hozirgi va kutilayotgan ta'sirini o'rganish uchun eng asosiy manba kim bo'lishi mumkin? Albatta, shunday sun'iy idrok xizmatini berayotgan servislar.
Sun'iy idrok rivojlanishiga mas'uliyat bilan yondashadigan Anthropic kompaniyasi o'zining Claude (o'zbekchada Klod) nomli sun'iy idrok servisini maxsus Konstitutsiyaga ko'ra ishlab chiqqan, bunda sun'iy idrok shu konstitutsiya qoidalari doirasida ishlashi kerak.
2025 yil fevral oyi boshida shu kompaniya tomonidan "The Anthropic Economic Index" nomli maxsus indeks yaratilgani e'lon qilindi. Bunda kompaniya Claude ga butun dunyoda odamlar tomonidan beriladigan savollarni tahlil qilib borishadi va bu savollar orqali sun'iy idrokning mehnat bozoridagi qancha ishlarni bajarayotganini kuzatib borishadi. Ushbu Index orqali tayyorlangan hisobotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://assets.anthropic.com/m/2e23255f1e84ca97/original/Economic_Tasks_AI_Paper.pdf
"Demak hamma muhokamalarni kuzatib borishar ekanda?" degan savolga keladigan bo'lsak, ha, albatta, har qanday servis egalari xohlasa, savol-javoblarni kuzatib, har bir odam profayli (dosyesi) ni yaratishi mumkin. Lekin, Anthropic bu yerda ham mas'uliyat bilan yondashgan: maxsus CLIO (Claude insights and observations) nomli xizmatni ishga tushirishgan bo'lib, bu xizmat savollarni kim berganini yashirib, ular to'g'risida umumiy holatni kuzatib borishga imkon beradi.
Umuman olganda, sun'iy idrokning mehnat bozoriga ta'siri juda muhim va har bir inson uchun kerakli mavzu. Kelajakda yaxshiroq yashashni istagan har bir odam hech bo'lmasa oyda bir marta kundalik tashvishlaridan boshini ko'tarib, hayot qaysi tarafga o'zgarayotganini kuzatib, shundan kelib chiqib hayotini rejalashtirishi kerak bo'ladi. Bunday hosibotlar bozorni kuzatib borishda muhim ahamiyat kasb etadi, kuzatib boring.