Sun’iy idrok, sen menga oshnamisan…

Sun’iy idrok, sen menga oshnamisan…

Plug & Play acceleratorida o’qish davrida 1Doc startapi asoschisi Davronvek bilan tanishib qoldik. U qiziq bir holatni aytib berdi: 1Doc Sun’iy Idrok yordamida yuridik hujjatlarni oson yaratish va tahrirlash platformasi bo’lib, uni ommaga sotishda ko’pchilik bu platformaga qiziqish bildirmagan. Faqatgina yuristlar bu platforma qadrini tushinib, undan faol foydalanishni boshlashgan, va foydalanishmoqda.

Lekin qizig’i shundaki, 1Doc - birinchi navbatda shu yuristlarga qarshi chiqarilgan loyiha. Borib-borib, 1Doc kuchaygani sari, kompaniyalar yuristlardan voz kechib, 1Doc dan foydalnishni boshlaydi.

Ya’ni yuristlar o’zlari bilmagan holda, o’z dushmanlarini kuchaytirishyapti.

Xuddi shunga o’xshagan holatni Google ning Veo3 loyihasida ham ko’rdim. Oskar mukofotini olgan mashhur rejissyor Darren Aranofski Veo3 ni yaratishda faol ishtirok etdi, natijada Veo3 professional rejissyorlar darajasidagi videolar yaratish imkoniga ega bo’ldi. Haqiqatdan, Veo3 ning videolarini Sun’iy Idrok yaratganiga ishonish qiyin. Uzog’i bilan 2026 yil oxirigacha biz Sun’iy Idrok tomonidan yaratilgan filmlarni ko’rishimiz mumkin, hozirda minglab studiyalar bu ustida ishlamoqda. Chunki chiroyli film yaratish uchun endi 100 million dollar sarflash shart emas, 10-50 ming dollar bilan buni qilish mumkin.

Umuman olganda Sun’iy Idrok bizga do’stmi? Hozircha do’st.