​​So'z ishlatmasdan fikrlay olasizmi?

​​So'z ishlatmasdan fikrlay olasizmi?

Sun'iy idrokning asosini Machine Learning (ML, Mashina o'rganishi) texnologiyasi va uning ustiga qurilgan LLM (Large Language Models) tashkil qiladi.

ML texnologiyasi 2000 yildan 2020 yilgacha sekin rivojlanib bordi. Suratlardagi obyektlarni tanish, boshqa obyektlar ichidan o'xshashlarini topish, rasm va videolarda odamlarni tanib olish kabi vazifalar ML orqali hal qilindi. Lekin texnologiya murakkab, rivojlanishi ko'p resurs talab qiladigan, keng ommalashishi qiyin bo'lgan texnologiya bo'ldi. ML bo'yicha mutaxassislar ham, dasturlar ham sanoqli. LLM texnologiyasi qo'llangandan keyin 3-4 yil ichida ML dagi 20 yillik rivojlanishdan ko'ra ko'proq natijaga erishildi. Dasturchilar ham, dasturlar ham juda ko'plab yaratilmoqda.

ML emas, aynan LLM texnologiyasi Umumiy Sun'iy Idrok (AGI, Artificial General Intelligence) va Super Idrok (Super Intelligence) ga olib boradi degan fikrni birinchi o'qiganimda, bunga skeptik yondashgan edim. Chunki LLM faqat matn va so'zlarga, ML esa umumiy ma'noda axborotga (surat, audio, video, matn) ga asoslangan, AGI va SuperIdrok uchun LLMning o'zi yetarli emas, keng ML kerak deb o'ylardim.

Lekin keyinchalik o'zim shu narsani tushunib yetdim - Super Intellektga yetishning eng optimal usuli LLM orqali, ya'ni matnli o'rganish, so'zlar bilan ishlash orqali ekan. Nimaga?

Chunki inson aynan so'z orqali fikrlaydi. Tafakkur aynan so'zlar orqali shakllanadi va tarqaladi. So'z ishlatmasdan o'ylashga harakat qilib ko'ring. Buning deyarli iloji yo'q.

Hayvonlar so'z ishlatmaydi, lekin o'ylay oladi deyishingiz mumkin. Bu qisman to'g'ri. Hayvonlar juda qisqa narsalarni eslab qolishlari, oddiy narsalarni tahlil qilishlari va shundan kelib chiqib harakat qilishlari mumkin. Leking, buni idrok deya olmaymiz.

Idrokning asosini so'z tashkil qiladi.

@fikrofonYoutube  |   LinkedIn  |   Facebook