Sovet ittifoqi davridagi “rejali iqtisodiyot” boshqa ko'rinishda yana qaytishi mumkin

Sovet ittifoqi davridagi “rejali iqtisodiyot” boshqa ko'rinishda yana qaytishi mumkin

Har qanday loyihaning boshi va oxiri bor. Vaqti kelib, kapitalizm ham “tugaydi”. Eng qizig’i, uning o’rnini avval hamma noto’g’ri deb hisoblagan rejali iqtisodiyot egallashi mumkin.

Do’konlarda taxlanib yotgan mahsulotlar, avtosalonlarda to’la avtomobillar, yirik omborlarda turgan xomashyolar. Bularning hammasi bizga ta’siri yo’qdek tuyulgani bilan, biz ular uchun to’laymiz.

Chunki ishlab chiqarivchi va sotuvchilar mahsulotlarini sotganda, shu turib qolgan mahsulotlar uchun risk xarajatlarini mahsulot narxiga qo’yishadi. Shu sababli ham kapitalizmda biz tannarxi 10 so’mlik mahsulotni 50-100 so’mdan xarid qilamiz.

Bundan tashqari bu juda ko’plab mahsulotlarning, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarining isrofiga sabab bo’ladi.

Rejali iqtisodiyot juda kuchli tizimni talab qiladi. Sovet paytida aynan shu rejali iqtisodiyot sababli kam resurslarga ega bo’lgan Sovet Ittifoqi ko’p resursli AQSH va boshqa davlatlar bilan yaqin darajada rivojlangan va raqobat qila olgan. Lekin yakunda rejalashtirishning murakkabligi va inson omilining ta’siri sabab yutqazgan.

Hozirda sun’iy idrok o’ta katta hajmdagi ma’lumotlarni maksimal aniqlikda tahlil qilish va rejalashtirish imkonini beradi. Bu esa, resurslardan optimal foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish orqali mahsulotlar narxini karrasiga kamaytirishga yo’l ochadi. Tabiiy resurslarning kamayib borayotganini inobatga olsak, sun’iy idrok yordamida iste’molni optimallashtirish - to’g’ri tanlov ekanini ko’rish mumkin.

Yaqin kelajakda davlatlar o’zlaridagi bor ma’lumotlarni sun’iy idrokga o’qitib, prognozlarni aniqroq qilishni boshlaydi (ko’pi hozirdan boshlagan) va bu zamonaviy rejali iqtisodiyotni shakllantiradi.