Raqamli insonlar

Raqamli insonlar

Nvidia kompaniyasi aksiyalari narxi 2023 yil boshidan beri 10 barobarga oshdi. Agar 2 yil oldin $1000 ga NVDA aksiyalarini olgan bo'lganingizda hozir bu pul $10 000 bo'lardi.

Nimaga Nvidia ning aksiyalari birdan bunchalik qimmatlar ketdi? Chunki bugungi kundagi Sun'iy Idrok texnologiyalari "o'ylash" uchun asosan GPU (xalq tilida "videokarta") ishlatadi va Nvidia GPUning asosiy ishlab chiqaruvchisi.

GPU va CPU ning farqi haqida bundan 16 yil oldin Mythbusters tomonidan olingan ajoyib rolikni mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ZrJeYFxpUyQ

Lekin gap faqat GPU dami?

Albatta yo'q. Nvidia Sun'iy Idrok da "Master Shifu" kabi rolni bajarmoqda. U hamma SI kompaniyalar uchun texnologiyalarni yetkazib beryapti va o'zi ham katta texnologiyalarga investitsiya qilyapti. Bular safiga Cosmos, Dynamo, AI Foundry, NeMo kabilarni sanash mumkin. Bularning har biri haqida soatlab gapirish mumkin.

Lekin yana bir yo'nalish - raqamli insonlarni yaratish bo'yicha ACE texnologiyasi meni hayratlantirdi. U birinchidan raqamli avatar, yoki raqamli egizaklarni yaratishda, shuningdek, mustaqil, ko'rnishga ega raqamli agentlar va xodimlarni yaratishda, o'yin va kino personajlari bilan suhbatlashishda ishlatilishi mumkin.

Bu insoniyat uchun virtual olamlarni yaratish, virtual xodimlarni (virtual sotuvchilar, vrachlar, o'qituvchilar) real hayotda ishlatish kabi juda katta bozorni ochib beradi. ACE orqali yaratilgan "raqamli odamlar" xuddi realdek ko'rinadi, hamma tilda gaplasha oladi, his-tuyg'ularini ko'rsata oladi, Riva orqali yuksak ovozli ustunlikka ega.

Bu texnologiya 10 yilda juda katta o'zgarish qiladi.