Raqamli egizaklar (Digital twins) nima degani?

Raqamli egizak deganda real hayotda mavjud biror obyekt yoki subyektning to'liq raqamli ko'rinishi bo'lib, real hayotda bo'layotgan jarayonlar tahlili yoki kutaliyotgan natijalar prognizini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Birinchi marta bunday konsept NASAda kosmik qurilmalarning uchish jarayonini simulyatsiya qilish uchun qo'llanilgan. Kosmik kemalarning va uchirish jarayonining qimmatligini inobatga olgan holda, kosmik kemaning to'liq raqamli modeli chiqarilgan va uning turli parametrlardagi o'zini tutishi tahlil qilinib, parametrlari yaxshilangan.
Raqamli egizaklarga yana bir yaqqol misol sifatida Sony Playstationdagi futbol o'yinlaridagi futbolchilarni aytsak bo'ladi. Chunki ular real futbolchilarning "raqamli egizaklari" bo'lib, real futbolchilardagi bor parametrlar (tezlik, texnika, reaksiya va h.k.) dan kelib chiqib yaratilgan.
Xo'sh, raqamli egizaklar nimaga kerak bo'ladi? Raqamli egizaklar obyektlarning real hayotdagi imkoniyatlarini baholashda juda qo'l keladi. Sun'iy Idrokning keng rivojlanishi raqamli egizaklarning paydo bo'lishini tezlashtirishi mumkin. Mutaxassislar fikricha kelajakda har bir inson, har bir mashina va robot, har bir inshoot reqamli egizagiga ega bo'lishi mumkin.
Juda ko'p ilmiy institutlar raqamli egizaklar mavzusini ko'tarmoqda. Tuvalu (kichik orol davlat, TV domeni egasi) - butun boshli mamlakatning raqamli egizagini yaratish loyihasini amalga oshirmoqda.
Raqamli egizaklarning insonga eng katta beradigan ustunligi - bu shaxsiylashgan tibbiyot (personalized medicine) degan yo'nalishda katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Kelajakda raqamli egizaklar har bir odamning kasalligi uchun alohida shaxsiy dorini yaratish imkonini kengaytiradi.
Bundan tashqari raqamli egizaklar turli vaziyatlar (masalan, muzokaralar, sport musobaqalari) ni simulyatsiya qilishga imkon beradi.
Umuman olganda, raqamli egizaklar tobora ommalashib borayotgan yangi texnologik trendlardan biri.