Kvant komputerini ishlatib ko'ring

Kvant komputerini ishlatib ko'ring

Meni doim qiziq va murakkab texnologiyalar qiziqtirgan: blockchain, sun'iy idrok, kosmik texnologiyalar va KVANT texnologiyasi.

Kvant fizikasi, kvant mexanikasi birinchi marta o'ylab topilganda, juda ko'p fiziklar uni tan olishga qarshilik qilishgan, chunki u fizikaning ko'p fundamental qonunlariga bo'ysunmaydigan tushunchalarni kiritgan. Keyinchalik bu kvant mexanikasi asosida maxsus qurilmalar - kvant kompyuterlari yaratildi.

Kvant kopyuterlari oddiy bitlarda emas, kubit (qbit) lardan iborat bo'ladi. Oddiy kompyuterda bit 1 yoki 0 ni saqlasa, kubit birdaniga juda ko'p qiymatni (masalan, 0,001 dan 0,999 gacha) saqlashi mumkin. Kvant komputerlari oddiy komputerlardan juda farq qiladi va agar bu texnologiya yetarli darajada boshqarilsa, juda kichik kvant kompyuterlari superkompyuterlardan milliard marta samaraliroq ishlashi mumkin.

Tasavvur qilishingiz uchun: 2020 yilda Xitoyda 76 ta fotonda (bu juda kichik hajm) ishlaydigan Jiujang kvant kompyuteri 200 sekundda yechgan masalasini yechish uchun 1,3 Petabayt (!) operativ xotiraga ega 270 million dollarlik Taihulight superkompyuteri 2,5 milliard yil (!) sarflashi kerak edi.

Kvant kompyuterlari yordamida galaktika modelini yaratib, xar xil stimulyatsiyalar qilish mumkin. Yoki eng qiyin parollarni ham bir necha soniyada topish mumkin. Kvant kompyuterlarining ustunligi (Quantum Supremacy) borgan sari aniq bo'lib boryapti.

Lekin Kvant kompyuterlarini yaratish juda qiyin, kubitlar to'g'ri ishlashi uchun -200 gradusga yaqin sovuq temperaturalar hosil qilish kerak. Shu sababli ham hozirda kvant kompyuterlari soni 100 dan oshmaydi, ularning ro'yxatini ham ko'rishingiz mumkin.

Bugun siz bilan haqiqiy kvant kompyuterini ishlatish imkoniyati bilan bo'lishaman:

https://quantum.orgsoft.org/

Bu saytga kirsangiz, tanga tashlashingiz mumkin. Bunda tanganing oldi yoki orqasi tushishi IBMning Eagle kvant kompyuterida hisoblanadi va bu qiymatni bugungacha odam yaratishi mumkin bo'lgan absolyut tasodifiy qiymat deyishimiz mumkin. Marhamat, kvant komyuterini ishlatib ko'ring, inqilobiy texnologiyalardan birini birinchilardan bo'lib foydalanuvchisi bo'ling.

PS: ko'pchiligingiz bu oddiy bir tanga tashlashku, deyishingiz mumkin. Lekin buning tagida turgan texnologiya juda murakkab, haqiqiy mo'jiza desa bo'ladi. Mana bu videoda IBMning Quantum Lab laboratoriyasiga ekskursiya bilan tanishishingiz mumkin, siz tepadagi saytda knopka bosganingizda mana shunday kompyuterlarda amallar bajariladi:

https://www.youtube.com/watch?v=4gpPHWCoWPs