Huquq - bu cheklov

Yaqinda texnologik kompaniyalardan birining rahbari tomonidan kelajakda robotlarda huquq paydo bo'lishi haqidagi nazariyani eshitib qoldim.
Bir qarashda robotlarda huquqning paydo bo'lishi normadek tuyuldi. Lekin bu degani, agar robotda huquq paydo bo'lsa, bu odamlarda ularga nisbatan cheklovning paydo bo'lishini anglatadi.
Mohiyatan hudud bu imkoniyatni anglatgani bilan, bir paytning o'zida kontr-obyektlar uchun imkoniyatlarning chegaralanishini anglatadi.
Va buning paydo bo'lishi, keyinchalik robotlarning huquqlarini kengayishi, odamlarning robotlar bilan munosabatdagi imkoniyatlarini kamayishiga olib kelishi mumkin. Chunki intellekt bo'yicha ustun tur intellekt bo'yicha pastroq turga nisbatan kamroq huquqqa ega bo'lishi tarixda bo'lmagan, kelajakda ham bo'lmaydi.