Google I/O dagi revolyutsion SI yechimlar

Google har yili may oyida Google I/O konferensiyasida o'zining eng ilg'or innovatsiyalarini taqdim etadi. Bu yilgi konferensiya deyarli to'liq Sun'iy Idrok bo'yicha yechimlarga qaratildi. Konferensiyaning to'liq versiyasini mana bu yerdan ko'rib olishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=o8NiE3XMPrM
Yangiliklarga to'xtaladigan bo'lsak:
- Veo3
Video generatsiya qilish uchun Veo3 taqdim qilindi. U ovozli videokliplarni matnli buyruqqa asosan tayyorlab berishi mumkin. Veo3 da tayyorlangan videolarni ko'rib, shuni SI tayyorlaganiga ishonmaysiz. - Veo2 Update
Veo2 video generatsiya modeli ham yaxshilangan, videoga obyekt qo'shish yoki olib tashlash, videoni turli tarafga qarab kengaytirish imkoniyatlari qo'shilgan. - Flow
Google ning eng katta yangiliklaridan biri bu film yaratuvchilar uchun murakkab sahnalarni rejalashtiruvchi, video ketma-ketligini yurituvchi Flow servisi bo'ldi. Flow servisi Veo, Imagen va Gemini larni ishlatgan holda kliplar va film yaratish imkonini beradi. - Imagen4
Suratlarni generatsiya qiluvchi modelning yangi versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangilik - suratlar aniqroq va tiniqroq chiqadi, matnli rasmlar generatsiyasida xatolar kamaygan. 2K rejimida rasm generatsiya qilish mumkin (hozirgacha biror model bunaqa aniqlikda generatsiya bermas edi). - Lyria2
Musiqa yaratuvchilar uchun onlayn musiqa va qo'shiq yaratuvchi Lyria servisi ham e'lon qilindi (hozirda waitlistga yozilish mumkin). - SynthID Detector
Google ning SI yechimlaridan faydalanib yaratilgan kontent (matn, surat, video va audiolar) ni maxsus markirovkalash servisi bo'lgan SynthID endi aniqlagich xizmatini ishga tushirdi. Unga siz kontentni tashlasangiz, u Google SI si yordamida generatsiya qilinganmi yoki yo'qligini aniqlab beradi. - Google AI Ultra
Google ko'plab media generation modellarni taklif qildi va ular juda katta hisoblash resurslarini ishlatadl. Bu serverlarga yuklamani oshiradi. Shu sababli ham Google $20 lik tarif yoniga $250 narxda AI Ultra tarifini joriy qildi, unda eng oxirgi media generatsiya modellarini ishlatish mumkin. Oyiga $250, mazzami?
Mana bu havoladan yangiliklar to'g'risida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://blog.google/technology/ai/generative-media-models-io-2025/