Boshi egilganlar

2014 yilda Tokioda bo’lganimda, ko’chada, yoki jamoat transportida yurganimda 70-80% odamlar, ayniqsa yoshlar telefondan bosh ko’tarmayotganini ko’rib, juda hayron bo’lgandim.
Afsuski, hozir bizda ham xuddi shu ahvol. Hammaning “boshi egilgan”…
Bu majoziy ma’noda ham to’g’ri deyish mumkin. Telefonlar diqqatni tortib, odamlarni real hayot zavqlarini his qilishdan chetga tortib qo’ymoqda. Va ular texnologik gigantlarning algoritmlari oldida “bosh egmoqdalar”.
Bundan 5-10 yilcha avval bu muammoni “tobelik” (“addiction”) kasalligi deb, uni davolash kerak degan fikrni ko’p ko’rardik. E’tibor bergan bo’lsangiz, hozir bu “tobelik” haqida deyarli gapirishmay qo’yishdi.
Chunki avval yoshlar kasal, ularni davolash kerak deb o’ylagan kattalarning o’zlari ham “kasal” bo’lib bo’lishdi.