Bog’langan loyihalar

Ilon Mask qator loyihalarni parallel olib bormoqda: Tesla, Starlink, Space X, Boring Company, X.com, Grok, Neuralink, Optimus va hokazolar.
Ilon Maskning katta orzusi bor: Mars sayyorasida inson koloniyalarini yaratish. Barcha qilinayotgan loyihalari (X dan tashqari) shu maqsadga qaratilgan.
SpaceX kosmosga chiqish uchun, Starlink - kosmik va planetar masshtabda aloqani ta’minlash uchun, Tesla - Marsda yuradigan transport uchun, Optimus - Marsda ishlaydigan robotlar uchun, The Boring company - Marsda yer osti tunnellar yo’llari va yer osti shaharlari uchun, Neuralink - inson miyasini Optimus robotlariga ulab, boshqarish uchun.
Hozirda Sun’iy Idrok alohida, Robotlar alohida, Neuralink - alohida loyiha sifatida ishlamoqda. Shu uchalasini ulasa nima bo’lishini tasavvur qilyapsizlarmi?
Sun’iy Idrok va Robotlar haqida ko’pchilik yangiliklardan xabardor. Lekin Neuralink haqida xabaringiz bo’lmasligi mumkin. Yaqinda Ilon Mask va komandasi Neuralink erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi: https://youtu.be/FASMejN_5gs
Albatta ko’rishni tavsiya qilaman.
Neuralink orqali hozircha odamlar endi kompyuter sichqonchasini miya bilan boshqarishni o’rgandi xolos. Lekin texnologiya rivojlanishi orqali siz miyangizni Sun’iy Idrok orqali boshqariladigan minglab robotlarga ulashingiz va ularni bir o’zingiz fikringiz bilan boshqarishingiz mumkin.
Hozirda alohida rivojlanayotgan loyihalarni bir-biri bilan, yoki klassik biznes bilan bog’lab, juda katta o’zgarishlar yaratish mumkin.
@fikrofon