Bir kishilik yakkashox (“One-Person-Unicorn”)

Bir kishilik yakkashox (“One-Person-Unicorn”)

ChatGPT chat ko’rinishida ishlaydi va ko’pchilik Sun’iy Idrok - bu savollarga javob beradigan vosita deb bilishadi.

Lekin zamonaviy modellar ishni ma’lum avtonomlik bilan mustaqil bajara oladigan agentlarni ishlatish imkonini beradi. Kompyuterda nafaqat bitta agent, balki parallel ishlaydigan ko’plab agentlarni ishga tushirish mumkin.

Mana bu videoda zamonaviy dasturchining ishini ko’rish mumkin:
U asosiy monitorda Sun’iy Idrokga topshiriqlar (prompt) bermoqda, qo’shimcha monitorda 12 ta Claude 4 agentlari u uchun dastur kodlarini mustaqil yozmoqda.

Mutaxassis Sun’iy Idrokni qanchalik mohirona ishlatsa, u shunchalik qadrli kadrga aylanib boradi.

Yoki bo’lmasa, bir kishi kompaniyadagi hamma asosiy ishchilar ishini SI yordamida qilishi mumkin: CEO ham, dasturchi ham, marketolog ham, buxgalter ham bir insonning o’zi. Sam Altman 2024 yilda bergan intevyusida SI yordamida biz yaqin yillarda bir kishi ishlaydigan milliard dollar baholanadigan kompaniyani (“One-Person-Unicorn”) ko’rishimiz mumkin, degan edi.

Sun’iy Idrokni ishlatishni bilmagan odamga yaqin kelajakda qiyin bo’ladi.

Bill Gates ning 1999 yilda chiqqan “Business @ Speed of Thought” nomli kitobida bir mashhur g’oyani ko’rish mumkin: “Agar biznesingiz internetda bo’lmasa, siz biznesda bo’lmaysiz” (“If your business not on the internet, then your business will be out of business”).

Hozir xuddi shu gapni Sun’iy Idrokga nisbatan qo’llash mumkin.