AI-savodxonlik darslari

Savodxonlik - ya'ni o'qish va yozish ko'nikmalari hammada bor. Keyinchalik savodxonlikning sohaviy turlari paydo bo'ldi.
Raqamli savodxonlik - raqamli texnologiyalar, qurilmalar va dasturlar bilan ishlash ko'nikmalari.
Moliyaviy savodxonlik - moliyaviy bilimlar, pulni boshqarish, asosiy xavfsizlik qoidalari ko'nikmalari.
Investitsion savodxonlik - investitsiya turlari va ular bilan ishlash, investitsiyani shakllantirish va asrash ko'nikmalari (Biz Jett da foydalanuvchilarga asosan shuni beramiz).
Sun'iy Idrok savodxonligi...
Bu yangi yo'nalish bo'lib, u Sun'iy Idrok vositalaridan yuqori sifatli natija olishni tushuntiradi. Topshiriq berish muhandisligi (Prompt-engineering) degan kurs va darslar ko'payib ketgan hozirda. Ular Sun'iy idrok ga qanday topshiriq berishni o'rgatadi.
Yaqinda Antrophic kompaniyasi SI-savodxonligi nomli kursni ommaga taqdim qildi: https://www.anthropic.com/ai-fluency
U ko'pincha infolo'ttibozlar tomonidan targ'ib qilinayotgan "promtp-engineering" dan farqli ravishda Sun'iy Idrok bilan ishlashning umumiy mohiyatini oson tilda tushuntiradi.
Qisqa qilib aytganda, SI bilan ishlaganda, quyidagi ketma-ketlikda ishlash tavsiya qilinadi:
- Vazifani shakllantirish
- Natijani olish
- Natijani baholash
- Aniqliklar kiritish
- Birinchi qadamga qaytish.
Mana shu ketma-ketlikda fikrlab, siz SI dan eng sifatli natijani olishizngiz, shuningdek, borgan sari vazifa qo'yish qobiliyatingizni kuchaytirishingiz mumkin. Shunga siz SI-savodxonlikka erishgan bo'lasiz.