Robotaxi - Ilon Mask dan kutilmagan yechim

Robotaxi - Ilon Mask dan kutilmagan yechim

Oldingi postimda Ilon Maskning bizneslarini sanaganda Robotaxi yodimdan ko’tarilibdi. To’g’ri, u Mars bilan bevosita bog’liq emas, lekin u katta daromad ko’rish uchun qilingan biznes.

Bilmaganlar uchun Robotaxi - bu haydovchisiz taksi xizmati. Siz ilovadan taksi chaqirasiz, va mashina o’zi yurib keladi. Bunday loyihalarda hozirda eng ilg’or kompaniya Googlega qarashli Waymo bo’lib, u 10 yildan oshiq tajriba va AQShning qator shtatlarida ruxsatga ega. Robotaxi Waymo ni quvib yetishni maqsad qilgan.

Robotaksining Waymodan asosiy farqi - mashinada rulning yo’qligi hisoblanadi. Waymo klassik mashinani olib, qo’shimcha qurilmalar, radar va lidarlar bilan jihozlab, avtonomlashtirgan. Lekin Waymo avtomobillarini haydovchi haydashi mumkin. Robotaxi umuman odam boshqarish imkoni bo’lmagan to’la avtonom mashinalar bilan bozorga kirdi.

Postdagi suratda San Fransisko shtatida 1.36 mil, yoki 2,2 km masofaga borish uchun 4 ta kompaniya tariflari taqqoslangan. Robotaxi Waymodan ancha arzon bo’lib qolmay, u Uber va Lyft dagi klassik taksilardan ham ancha arzonligini ko’rish mumkin. Shu ketishda bo’lsa, AQShda taksistlarga qiyin bo’lishi tayin.

Narxlar 1 km uchun:
Robotaxi: $1,75
Waymo: $5,25 (3 barobar qimmat)
Uber: $4,51 (2,58 barobar qimmat)
Lyft: $4,93 (2,81 barobar qimmat)

Endi sarlavhadagi ajoyib fikrga kelsak: Robotaxi platformasi Tesla avtomobillari bilan bir xil. Bu degani Robotaxi qiladigan ishni Tesla avtomobili ham qila oladi degani.

Ya’ni siz Tesla avtomobilingizda ishga kelib, keyin mashinangizga “bor taxi qilib, pul top” deb ishga jo’natvorsangiz bo’ladi.

Bu bilan birinchidan, Tesla egalari qo’shimcha daromad olishlari mumkin. Ilkinchidan, mashinalarning ishxonalar oldida bekor turishi oldi olinib, yo’llarda mashinalar soni kamayishiga olib keladi.

Ajoyib, to’g’rimi? Siz shu haqida o’ylab ko’rganmidingiz?